Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi aʼzosi, shoir, Navoiyshunos olim Abulqosim Utepberganov ma’ruzachi sifatida, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti talabalari o‘zlarining sheʼr, ruboiy va sahna ko‘rinishlarini yigʻilgan tomoshabinlarga taqdim etishdi.

Sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsad harbiy xizmatchi va yoshlarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq ilmiy va adabiy ma’lumotlar berish, Navoiy qoldirgan ilmiy merosi haqidagi bilimlarni yetkazish, bugungi kunda dunyoda Navoiyshunoslik bo‘yicha olib borilayotgan yangi ilmiy ishlar bilan tanishtirishdan iborat.

Abulqosim Utupberganov soʻzga chiqib, shu kunlarda yurtimizning barcha tashkilot va idoralarda, hamda xorijiy davlatlarda Alisher Navoiy bobomizning tavalludiga 584 yil to‘lishi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotgani, bobokalonimiz millatimiz uchun buyuk ishlarni amalga oshirgani, Navoiy ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy hayotidagi tutgan o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Ayniqsa uning "Arba’iyn" asarida odob-axloqqa oid qirq hadis juda ravon tilda nazmiy bayon qilingan. Navoiyning turkiy til mavqeini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini jahonga ko‘rsatish borasidagi ezgu fazilatlari xususida ham yig‘ilganlarga eslatib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilariga Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, Alisher Navoiy, Beruniy va Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi bobolarimiz yana bir bor yodga olinib tadbirga yakun yasaldi.

08.02.2025
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech