Shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilari o‘rtasida “Navoiy izdoshlari” nomli intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda, beshta guruhdan iborat jamoa a’zolari ishtirok etib, unda ishtirokchilar Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlar, uning hayot va ijod yo‘li, olib borgan bunyodkorlik ishlari, qoldirgan boy ma’naviy merosi, Turkiston o‘lkasining allomalari, ularning ijodi va amalga oshirgan buyuk ishlari borasidagi bir qator qiziqarli va mantiqiy savollarga javoblar berdilar.
Berilgan savollarga boshqa jamoalardan aniq vato‘g‘ri javob bergan hamda faol ishtirok etgan Qo‘riqlash xizmatining Tezkor harakatlanuvchi guruh a’zolarining “Sherlar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladilar.
Tadbir yakunida, g‘olib jamoalarga Markaz rahbarining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.