Joriy yilning 9-yanvar kuni Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazida ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda ishchi xizmatchi ayollar bilan “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari profilaktikasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningda Milliy gvardiya faoliyatini psixologik ta'minlash markazi boshlig‘i M.Toshxodjaev markaz faoliyati hamda mavzu bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga tushuncha berdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bolalar psixologiya markazi rahbari K.Akbarova bolalar markazi faoliyati va unda bolalarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi shuba mudiri S.Sayfullaeva “Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bilan psixokorreksion ishlarni amalga oshirish mexanizmi” mavzusida maktab o‘quvchilari orasida uchrayotgan zo‘ravonliklar bo‘yicha ma'ruza qildi.
Milliy gvardiya faoliyatini psixologik ta'minlash markazi bosh mutaxassisi Sh.Kurbanova o‘zining psixologik treninglari bilan yig‘ilish ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarining fikrlarini bildirib, psixologik tadbirlar ko‘proq tashkillashtirilishini bildirishdi.