Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qism harbiy xizmatchilar va ularning oila a‘zolari bilan ishlash guruhi katta ofitseri dam olish kuni rejasiga asosan dam olish kunini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida harbiy xizmatchilarning farzandlarini Qo‘qon shahrida joylashgan Muqimiy nomidagi O‘rda bog‘idagi Xudayorxon muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohatda harbiy xizmatchilar farzandlari va oila a‘zolari tarixiy manbalarning saqlanishi, noyob hayvonlar va ularning kelib chiqishi, buyuk bobolarimiz va ular yaratgan obidalar haqida kerakli ma‘lumotlar olishdi.