Joriy yilning 13-may kuni Milliy gvardiya qoshidagi Bolalar psixologiyasi markazi ko‘magida SIMURGFEST shaxsiy rivojlanish va psixologiya xalqaro festivali boshlandi. Muhtasham tadbir Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 100 dan ortiq psixologlarni bir yerga jamladi. E’tiborlisi, festival tashkilotchilari joy sifatida Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi zalini tanlagan bo‘lsa, hamkor tashkilotchilar va hamkorlar Milliy gvardiya qoshida faoliyat yurituvchi “Bolalar psixologiyasi” markazi mutaxassislari bo‘ldi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, vasiylik, patronat, homiylikka olingan bolalarga va ularning tarbiyachilariga psixodiagnostik va korreksiyalovchi yordam ko‘rsatildi.
SIMURGFEST festivali ilk bor 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, har yili ishtirokchilar soni ortib, ko‘lami kengaymoqda. Bunga sabab soʻnggi yillarda psixologiya sohasi tobora ommalashib borayotgani, yoshlarning bu sohaga qiziqishi ortib borayotgani, yangi usul va yondashuvlar paydo bo‘layotgani desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Festival nafaqat tajriba almashishga, balki insonni o'zini rivojlantirishga va o'z ustida ishlashga undaydi.
Festivalning birinchi kuni kirish qismi bilan boshlanib, unda ustoz va murabbiylar jamoasining faoliyati bilan tanishdilar. Shundan soʻng, bir qator mahorat darslari va seminarlar o'tkazildi. Har bir stol atrofida yig'ilgan mutaxassislar xalqaro toifadagi psixologlardan shaxsiy rivojlanishning yangi usullarini o'rganishdi.
Shuningdek, mehmonlar turli transformatsion o'yinlarda: ishtirokchilarning shaxsiy ehtiyojlari bilan ishlashga, maqbul yechimlarni topishga va rag'batlantirishga, muammolar hamda qiyin vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan noyob psixologik usullarda qatnashish imkoniga ega bo'lishdi.
Festivalning asosiy maqsadi xalqaro tajriba almashishdir. Bu borada birinchi kundanoq yahshi natijalarga erishildi.
Ertaga, 14-may kuni ham festival davom etadi.