Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining malakali professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘quv yig‘ini davomida mutaxassislik bo‘yicha fanlarni o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish, interfaol taʼlim, maʼruza, seminar, guruhiy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan zamonaviy o‘qitish usul va uslublari, shuningdek, tezkor harakatlanuvchi guruh tarkibida xizmat o‘tayotgan safdorlar tarkibi haydovchilarini avtotransport vositalarini favqulodda vaziyatlarda (“tashvish” xabari kelib tushganda) to‘g‘ri boshqarishda amaliy va nazariy bilimlarini oshirish borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.
Shu bilan birga, Markaz pedagog-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari bilan pedagogik faoliyat hamda amaliy tajribalarini o‘rganish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada jadallashtirish borasida kelishib olindi.