O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan.
Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.
Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash boshqarmasi,viloyat IIB hamda viloyat FVB xodimlari tomonidan Guliston tumanida joylashgan Ma'naviyat markazida A.Navoiy, Birlashgan va Do'stlik MFYlarida yashovchi otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.