Mamlakatimizda 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar harbiy xizmatchilarga saylov qonunchiligi, ularning huquqlari va majburiyatlari haqida maʼlumotlar berib, saylov jarayoni va uning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbati davomida saylov jarayoni, mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonda Milliy gvardiyaning vazifalari haqida ham maʼlumotlar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.