Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qism tomonidan Qo‘qon shahrida joylashgan ta‘lim muassasalari o‘quvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari tashkil etildi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qism tomonidan Qo‘qon shahrida joylashgan ta‘lim muassasalari o‘quvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning hayoti, harbiy xizmatchilarning shaxsiy himoya vositalari, harbiy texnikalar, kinologiyasi, ot sporti, tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi. Shuningdek, yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Tadbir davomida, anjom-aslahalar, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, harbiy qismda Qo‘qon shahrida joylashgan maktab o‘quvchilari hamda faxriy harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

“Uch avlod uchrashuvi”da harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriy harbiylar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga bugungi kun armiyasi kuchi va qudrati, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy kasb va burch haqida suhbatlashildi.

O‘quvchi yoshlar o‘zlari uchun kerakli ma‘lumotlarni olib, qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

28.12.2024
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech