Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Chirchiq shaharida joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning kamondan otish turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida “Toshkent viloyati ochiq turniri” bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Buxoro, Qashqadaryo, Farg’ona, Toshkent shahar va Toshkent viloyati terma jamoalaridan 50 nafarga yaqin professional yoshlar ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan estalik sovg‘alari, diplom va medallar bilan taqdirlandi.